Главная / Kompaniya haqida
Kompaniya haqida
Tog‘-kon sanoati korxonalari xarid qilish faoliyatining asosiy maqsadi ishlab chiqarishni sifatli ehtiyot qismlar bilan qisqa muddatda ta’minlashdir.
Ushbu shartlarga amal qilmaslik iqtisodiy yo‘qotishlarga hamda korxona ishlab chiqarishining umumiy pasayishiga olib kelishi mumkin.
«DROBservis» shunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida yaratilgan
«DROBservis» kompaniyasini yaratishning asosiy g‘oyasi tog‘-kon sanoati sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan barcha korxonalarga ta’minot muammolarini kompleks hal qilishda ko‘maklashishdir. Biz sizning kompaniyangizni ehtiyot qismlarni belgilangan muddatda va raqobatdosh narxlarda tezkor ta’minlash orqali raqiblaringizdan har doim bir qadam oldinda bo‘lishga yordam beramiz. Bizning afzalligimiz xodimlarimizning kasbiy mahorati va maydalash uskunalari bozorida o‘n yillik tajribasini birlashtirish qobiliyatimizda.
Bizning asosiy maqsadimiz mahsulotni bir marta yetkazib berish emas, balki ko‘p yillik va manfaatli hamkorlikdir.
Bizning asosiy tamoyilimiz — barcha majburiyatlarni muvaffaqiyatli bajarish uchun mas’uliyat. «DROBservis» hech qachon erishgan joyda to‘xtab qolmaydi.
Biz ishlab chiqarish va yetkazish chegaralarini kengaytirib, doimo mukammallikka intilamiz va o‘z mijozlarimizga biz bilan birga o‘sish uchun imkoniyat yaratamiz.
Samarali faoliyat yuritayotgan kompaniyani qo‘yilgan vazifalarni vaqtida bajara oladigan yuqori malakali mutahassislarsiz tasavvur qilib bo`lmaydi. Biz korxonamizda kompaniya ichidagi aloqalarning alohida tizimini ishlab chiqib, joriy qildik. Mazkur tizim biznes sohasida o‘zini o‘zi o‘stirish tamoyiliga asoslangan. Bu har bir xodimning natija uchun mas’uliyatini saqlagan holda butun jamoaning kuchini ish sifatini yaxshilashga qaratishga imkon beradi,
Biz o‘zimizning «Yujno-Uralskiy Remontno-Mexanicheskiy Zavod» MCHJ korxonamizda SM-16, SMD-741, 108, 109, 110, 111 a/b, 118 a/b, KSD/KMD 600, 900, 1200gr/t, 1750 gr/t, 2200 gr/t uchun ehtiyot qismlarini ishlab chiqaramiz.
DROBservis o‘z ishlab chiqarish resurslari va maydonlari bilan cheklanib qolmay, Katta Uralning tajribali ishlab chiqarish korxonalari bilan kooperatsiya asosida ishlaydi. Quyidagi mahsulotlarni ishlab chiqarishning zamonaviy texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda:
- 2008-yildan «DROBservis» «YUURMZ» MCHJ bazasida plastinali quvvatlagichlar (PP turidagi), inertsiyali groxotlar (GIL, GIS, GIT turidagi), konveyer jihozlarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan;
- 2010-yildan «DROBservis» o‘zining potentsial buyurtmachilariga 110g13l po‘latidan SQA (sovuq-qotuvchi aralashma) usulida ishlab chiqarilgan ehtiyot qismlarini taklif qilmoqda;
- 2010-yildan «DROBservis» o‘z mijozlariga maydalash uskunalarini yurgizish, sozlash va o‘rnatish bo‘yicha mutahassisni chaqirish xizmatini taklif qilmoqda.
Barcha ishlab chiqarilayotgan ehtiyot qismlar sifat nazoratidan o‘tadi va bu tegishli Sertifikat bilan tasdiqlanadi.
Barcha yetkaziladigan ehtiyot qismlarga kamida 90 kun kafolat beriladi. Yetkazib berish istalgan transport turi bilan amalga oshiriladi. Yetkazib berish uchun biz o‘z transportimizni ham taklif qilishimiz ham mumkin.
To‘lov shartlari yetkazilayotgan mahsulotlar hajmiga qarab belgilanadi.
Men o‘zim va bizning professionallar guruhimiz «DROBservis» MCHJning Sizning doimiy ta’minlovchilaringiz ro‘yxatiga qo‘shish zaruratini ish bilan isbotlashga tayyormiz.
Hurmat bilan,
Volguntsev Maksim
Bizning hamkorimiz EKG Servis Xolding. «EKGServisXolding» MCHJ — EKG kon ekskavatorlari uchun ehtiyot qismlari, EKG 5a ehtiyot qismlarini ishlab chiqarish va yetkazib berish bilan shug‘ullanuvchi ixtisoslashgan kompaniya.

